Muallif: Abdullojanova, Zarnigorbonu Alisherovna; Rahmatullaeva, Umida Saidazimovna
Annotatsiya: Mazkur maqolada ayollar bomber kurtkalarini loyihalash usullarini hajmiy-fazoviy va arxitektura asosidagi shakl hosil qilish tamoyillari orqali takomillashtirish masalalari yoritilgan. Tadqiqotda kiyim dizayni va arxitektura o‘rtasidagi bog‘liqlik, xususan tektonika, geometriya va fazoviy tuzilma jihatlari tahlil qilingan. Ishda qiyosiy tahlil, strukturaviy modellashtirish hamda arxitektura yondashuvlarini sintez qilish usullari qo‘llanilgan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, arxitektura tamoyillarini qo‘llash kiyimning estetik, ergonomik va funksional xususiyatlarini sezilarli darajada yaxshilaydi. Tadqiqotning amaliy ahamiyati interdisiplinar yondashuv asosida innovatsion loyihalash usullarini ishlab chiqishda namoyon bo‘ladi.
Kalit so'zlar: kiyim dizayni, ayollar bomber kurtkasi, shakl hosil qilish, arxitektura tamoyillari, hajmiy-fazoviy tuzilma, tektonika, parametrik dizayn.
Jurnaldagi sahifalar: 291 - 299