Muallif: Saipova, Nodira Sagdullaevna; Oydinova, Munavvar O‘ktam qizi
Annotatsiya: Infiltrativ-yiringli trixofitiya – Trichophyton turiga mansub dermatofitlar tomonidan chaqiriladigan, soch va terining chuqur zararlanishi bilan kechadigan yuqumli kasallikdir. Ushbu maqolada kasallikning etiologiyasi, klinik belgilari, tashxislash usullari va zamonaviy davolash usullari tahlil qilinadi. Tadqiqotda mikroskopik tekshiruvlar, madaniy analizlar va klinik kuzatuvlar asosida kasallikni aniqlash usullari o‘rganildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, infiltrativ-yiringli trixofitiyaga erta tashxis qo‘yish va kompleks davolash kasallikning og‘ir asoratlarini oldini olishga yordam beradi. Profilaktika choralarining muhimligi va dermatofitoz tarqalishini cheklash bo‘yicha takliflar ham bayon etilgan.
Kalit so'zlar: infiltrativ-yiringli trixofitiya, trixofitiya, dermatofitoz, zamburug‘li kasalliklar, trixofitiya tashxisi, trixofitiya davosi, trixofitiya profilaktikasi, Trichophyton.
Jurnaldagi sahifalar: 238 - 242