Muallif: Sultonov, Behzod Bahromjon o’g’li
Annotatsiya: Mazkur maqola ingliz huquqida farzandlikka olish jarayonining huquqiy asoslarini hamda amaliyotini tahlil etishga bag’ishlangan. Bolalarni asrab olish ularning manfaatlarini ta’minlash, xavfsiz va barqaror oilaviy muhit yaratish maqsadlarini ko’zlab huquqiy mexanizmlar orqali amalga oshiriladigan jarayon hisoblanadi. Ushbu maqolada farzandlikka olish jarayonida mahalliy davlat hokimiyati organlarining roli va jarayonni tartibga soluvchi qonun hujjatlari ko’rib chiqiladi. Shu bilan bir qatorda, ushbu institutning zamonaviy amaliyotida uchrayotgan muammolarga ham to’xtalib o’tiladi. Jumladan, bola asrab olishning byurokratiya bilan murakkablashuvi, shuningdek, bolaning qaysi oiladan kelib chiqqanligi faktini belgilashdagi qiyinchiliklar va boshqalar xususida so’z boradi.
Kalit so'zlar: farzandlikka olish, classic adoption, poor law adoption, poor law guardians, bolaning identifikatsiyasi, “Farzandlikka olish to’g’risida”gi akt, bola asrab olishdagi muammolar
Jurnaldagi sahifalar: 156 - 166