Muallif: Toshpo’latova, Xusniya Mamayusub qizi
Annotatsiya: Ushbu maqolada bugungi kunda hayotimizning ajralmas qismiga aylangan reklama matnining tarkibiy qismi hisoblangan reklama shiorlarining jarangdorligi va samaradorligini ta’minlashda stilistik vositalarning o’rni, ularning turlari hamda ishlatilishi haqida so’z yuritilgan. Ingliz reklama shiorlarini yaratishda alliteratsiya, assonans, antiteza, takrorlar, so’z o’yini, giperbola va litotalarning ishlatilishi tahlil qilinib, ularning o’zbek tiliga tarjima jarayonida saqlanish holatlari tadqiq qilingan. Bu jarayonda takrorlar, antiteza, qisman alliteratsiya hodisalari o’z shaklini saqlashi, ammo so’z o’yinlari va assonans hodisalarini tarjima tilida saqlash mushkulligi yuzasidan xulosalar berilgan.
Kalit so'zlar: reklama tili, reklama shiori, tarjima, stilistik vositalar, antiteza, assonans, giperbola, litota, so’z o’yini, alliteratsiya, takrorlar.
Jurnaldagi sahifalar: 498 - 504