07.10.2022
264
INGLIZ TILIDAGI AYRIM IDIOMALARNING TARJIMASI XUSUSIDA

Muallif: Xudoyqulov, Behzod; Berdiyev, So’xrob.

Annotatsiya: Frazeologik birliklar milliy adabiy tilning ham ogʼzaki, ham yozma shaklida; ogʼzaki ham yozma nutqda keng qoʼllanuvchi til hodisalaridir. Tilning lug’at tarkibini tashkil etuvchi birliklardan biri frazeologizmlardir. Frazeologizmlar til birligi sifatida nutqda namoyon boʼladi. Ular nutqning taʼsirchan va buyoqdor boʼlishini taʼminlaydi. Frazeologik birliklar maʼlum bir tilde soʼzlashuvchi xalqning madaniy til boyligini aks ettiradi va ularning dunyoqarashining oʼziga xos xususiyatlarini ochib berishga yordam beradi. Har bir tildagi frazeologizmlarni o‘rganish muhim hamda qiziqarli hisoblanadi. Ushbu maqolada ingliz tilidagi ayrim idiomatik iboralarning tarjimasi va ularning semantik xususiyatlariga e’tibor qaratilgan.

Kalit so'zlar: Frazeologik birliklar, tarjima, shakl va ma’no, ko’chma ma’no

Jurnaldagi sahifalar: 632 - 635

Yuklab olish