Muallif: Bozorova, Zulxumor Jo‘rayevna
Annotatsiya: Bugungi tez rivojlanib borayotgan globallashuv zamonida xorijiy tillarni puxta egalagan yosh kadrlarga bo’lgan talab kun sayin oshib bormoqda. Bu esa yoshlar orasida xorijiy tillarga qiziquvchilarning ortishiga va chet tillarini o’rganishning keng ommalashuviga zamin bo’lmoqda. Ammo o’quvchi yoshlar tomonidan xorijiy tillarni o’rganish jarayonida bir qator xatolarga yo’l qo’yilishi yohud ba’zi muammoli vaziyatlarga duch kelinishi sababli ularning yangi o’rganilayotyan tillarga bo’lgan ishtiyoqining tezda yo’qolib qolishi holati ham uchraydi. Mazkur maqolada xorijiy tillarni yangi o’rganishga kirishgan yoshlar yo’l qo’yadigan ba’zi xatolar, muammoli vaziyatlar va ularning tahlilini ko’rib chiqamiz.
Kalit so'zlar: bir tomonlama maqsad; gapirshdan qo’rqish; o’rganish uslublari; o’qituvchiga bog’lanib qolish; til muhiti.
Jurnaldagi sahifalar: 806 - 810