Muallif: Shamsematova, Barno Rixsivayevna
Annotatsiya: Mazkur maqolada ingliz va o‘zbek badiiy diskursida milliy qadriyatlarning ifodalanishi qiyosiy lingvokulturologik tahlil asosida o‘rganiladi. Tadqiqotda ingliz va o‘zbek adabiyotiga mansub badiiy asarlar misolida milliy qadriyatlarni ifodalovchi til birliklarining semantik va kontekstual xususiyatlari tahlil qilinadi. Natijalar ingliz badiiy diskursida individualizm, erkinlik va shaxsiy tanlov qadriyatlari ustuvor ekanligini, o‘zbek badiiy diskursida esa jamoaviylik, oilaviy sadoqat va ijtimoiy burch kabi qadriyatlar yetakchi o‘rin tutishini ko‘rsatadi. Tadqiqot lingvokulturologiya, diskurs tahlili va madaniyatlararo kommunikatsiya sohalari uchun muhim ilmiy ahamiyatga ega.
Kalit so'zlar: badiiy diskurs, milliy qadriyatlar, lingvokulturologiya, qiyosiy tahlil, ingliz adabiyoti, o‘zbek adabiyoti, individualizm, jamoaviylik, madaniyatlararo kommunikatsiya, konsept.
Jurnaldagi sahifalar: 742 - 747