16.04.2023
629
INGLIZ VA O‘ZBEK TILIDA SINONIM SO‘ZLARNING QO‘LLANILISHI

Muallif: Shermamatova, S.; Umirjonova, Sh.

Annotatsiya: Barcha tillarda tilshunoslik bo’limlari mavjud bo’lib, leksikologiya bo’limining sinonim, antonim, paronim, omonim kabi turlari bor. Bular orqali tillarning lug’at boyligi ortadi. Ushbu maqolada sinonim so’zlar aslida nima? ular haqida tushuncha, ularning turlari, ingliz tili va o’zbek tilidagi sinonim so’zlarning qo’llanilishi hamda ularning o’rni va ahamiyati haqida aytib o’tilgan. Shuningdek, o’zbek va ingliz tillarida mavjud bo’lgan sinonimlarning o’xshashliklari, farqli tomonlari va ularga misollar, izohlar ko’rsatilgan.

Kalit so'zlar: Sinonim, ma’nodosh so’zlar, sinonimik qator, asosiy so’z, so’z turkumlarida misollar, stilistik xususiyatlari, darajalanish tartiblari, uslublarga xoslanishi.

Jurnaldagi sahifalar: 98 - 104

Yuklab olish