28.01.2026
51
INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA VAQT KATEGORIYALARINING TARJIMADA IFODALANISHI

Muallif: Murodillayeva, Zarina Oybek qizi

Annotatsiya: Mazkur maqolada ingliz va o‘zbek tillarida vaqt kategoriyalarining tarjima jarayonidagi ifodalanish xususiyatlari tahlil qilinadi. Vaqt kategoriyasi til tizimida muhim grammatik va semantik kategoriya bo‘lib, u voqelikning zamon jihatdan tashkil etilishini aks ettiradi. Tadqiqotda ingliz tilidagi zamon va aspekt shakllarining o‘zbek tiliga tarjimada qanday berilishi, shuningdek, ikki til o‘rtasidagi strukturaviy va funksional tafovutlar tarjima jarayoniga ta’siri yoritiladi. Misollar asosida vaqt kategoriyalarining kontekstga bog‘liq talqini va tarjima ekvivalentlarini tanlash masalalari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari qiyosiy tilshunoslik va tarjima nazariyasi uchun ilmiy ahamiyatga ega.

Kalit so'zlar: vaqt kategoriyasi, zamon va aspekt, tarjima jarayoni, grammatik ekvivalentlik, ingliz tili, o‘zbek tili.

Jurnaldagi sahifalar: 190 - 198

Yuklab olish