12.11.2024
22
INSON KAPITALINI RIVOJLANTIRISHDA XITOY TILINI OʻRGANUVCHILARNING TA'LIM OLISH UCHUN QILGAN XARAJATLARI VA BAKALAVRIATDAN SOʻNG OLGAN FOYDALARINI ANIQLASH

Muallif: Rakhmatullaeva, Dilshada; Kurbanbaeva, Sevara Marat kizi

Annotatsiya: Mazkur tadqiqot Xitoy tilini o‘rganish jarayonida yuzaga keladigan iqtisodiy xarajatlar va uning inson kapitali rivojiga qo‘shadigan foydalari tahliliga bag‘ishlangan. Xitoyning global iqtisodiy o‘sishi va xalqaro savdodagi yetakchilik roli ortib borayotganligi sababli, ushbu tilni bilish mutaxassislar uchun xalqaro mehnat bozorida yuqori baholanadigan ko‘nikmaga aylangan. Tadqiqotda Xitoy tilini egallashga ketadigan sarmoyalar, vaqt va boshqa resurslar o‘rganildi. Shuningdek, tilni bilish orqali karyera imkoniyatlarini kengaytirish, yuqori maosh olish, madaniy va lingvistik kompetensiyalarni rivojlantirishning shaxsiy va professional rivojlanishga ta’siri tahlil qilindi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, dastlabki xarajatlarga qaramay, Xitoy tilini o‘rganish inson kapitalining iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan sezilarli yuksalishiga xizmat qiladi. Ushbu tadqiqot til o‘rganishning samarasini oshirish uchun strategik rejalashtirish va moliyaviy yordam tizimini shakllantirish zarurligini ko‘rsatadi.

Kalit so'zlar: Karyera, rivojlanish, til o’rganish, ta’limdan keying faoliyat, kasb.

Jurnaldagi sahifalar: 277 - 283

Yuklab olish