Muallif: To‘raqulova, Nazira
Annotatsiya: Muallif tomonidan maqolada intellektual mulk huquqi obyektlarining muhofazasini samarali ta’minlashda blokcheyn texnologiyalarining ahamiyati tahlil etilgan. Xususan, intellektual mulk obyekti hisoblanmish, mualliflik huquqi va turdosh huquqlarning himoyasini ta’minlashda mazkur texnologiyaning tutgan o‘rni haqida so‘z yuritilgan. Texnologiyaning ishlash tartibi, huquq egasining mulkiy huquqlarining kafolati sifatida blokcheynning o‘ziga xos xususiyatlari o‘rganilgan. Milliy qonunchiligimizni takomillashtirish borasida takliflar keltirilgan. Qolaversa, blokcheyn texnologiyasining asosiy jihatlari, ya’ni markazlashtirilmaganligi, raqamli ma’lumotlarning shaffof, maxfiy va ishonchli tarzda foydalanuvchilar o‘rtasida tez va qulay ma’lumotlar almashinuvi imkoni borasida muallifning fikrlari keltirilgan.
Kalit so'zlar: intellektual faoliyat natijasi, mualliflik huquqi, kriptohimoya, blokcheyn, anonimlik, markazlashtirilmagan reyestr, virtual elektron hisoblash mashinalari, huquq egasi.
Jurnaldagi sahifalar: 987 - 997