Muallif: Rustamova, K.B.; Najmiddinov, M.M.; Sobirov, K.S.
Annotatsiya: Maqolada sug‘orishda o‘rnatilgan tomchilatib sug‘orish qurilmasidagi nasos kanaldan, ya’ni loyqa suvdan to‘g‘ridan – to‘g‘ri olinib, tindirilmasdan sug‘orishda foydalandik. Hozirga qadar tomchilatib sug‘orish usuli faqat toza tindirilgan suvdan foydalanib sug‘orish ishlari olib borilayotganligini hisobga olsak, loyka suv bilan to‘g‘ridan – to‘g‘ri tomchilatib sug‘orish ishlarini bajarish amaliyotda birinchi marotaba amalga oshirilmoqda. Tajribalar davomida suv miqdori 40 % ga iqtisod qilindi, agar oddiy usulda sug‘organimizda suv sarfi 4200 m3/ga ni tashkil qilgan bo‘lsa, tomchilatib sug‘orilganda suv sarfi 2500 m3/ga teng bo‘ldi. Mineral o‘g‘itlar odatdagiga nisbatan 50 % iqtisod qilindi. Tajriba dalasida vegetatsiya mavsumi boshida sizot suvlarining o‘rtacha sathi 194-198 sm ni tashkil qilgan bo‘lsa, vegetatsiya davrining o‘rtalarida ya’ni iyul va avgust oylarida sizot suvlarining sathi 185-187 sm atrofida bo‘ldi. Tuproqning hajmiy og‘irligi haydaladigan 0-30 sm qatlamda 1,31 g/sm3 ni, haydov osti (30-50 sm) qatlamda 1,39 g/sm3 va 0-100 sm qatlamda 1,40 g/sm3 tashkil qildi. Tuprog‘ining cheklangan dala nam sig‘imi bo‘yicha olingan natijalarga ko‘ra, tuproqning 0-50 sm qatlamida tuproq massasiga nisbatan 19,5 % tashkil qilgan bo‘lsa, tuproqning 0-100 sm qatlamida cheklangan dala nam sig‘imi quruq tuproq og‘irligiga nisbatan 19,8 % ni tashkil etdganligini ko‘rishimiz munkin.
Kalit so'zlar: sug‘orish, tuproqning hajmiy og‘irligi, suv miqdori, tomchilatib sug‘orish, vegetatsiya mavsumi, suv sarfi.
Jurnaldagi sahifalar: 294 - 300