17.07.2022
410
IRIM-SIRIM BILAN BOG‘LIQ TIL BIRLIKLARINING O‘RGANILISH MASALALARI

Muallif: Turdaliyev, Obidjon Sodiqjon o‘g‘li

Annotatsiya: Irim-sirimlar etnografik jarayonlar bilan parallel ravishda til leksikasining shakllanishida asosiy elementlardan biri hisoblanib, unda xalqning muayyan qarashlari jamlangan. Irim-sirimlar kundalik hayotdan olingan turli xil qarashlarning avloddan avlodga yetkazish vositasi bo‘lgan. Irim-sirimlar xalq hayotidagi kundalik ish-harakati yoki odat tusiga aylanib qolgan. Irim-sirimlar xalq hayotiga turli xil asoslarda kirib kelgan, xususan, voqea-hodisalarni kuzatish asosida hosil qilingan turli xil xulosalar asosida; dastlabki diniy qarashlarga bog‘liq bo‘lgan axloqiy nizomlari yoki xayoliy qarashlarning saqlanib qolishi asosida; qadimgi rivoyatlardagi voqea-hodisalarning mazmuni singigan qarashlar asosida; insonlarning tabiat hodisalarini o‘rganishga bo‘lgan qiziqish asosida; shuning uchun irim-sirimlar mavzu doirasi keng. Chunki u ijtimoiy hayot qobig‘ida alohida ahamiyat kasb etadigan etnografik jarayondir. Dunyodagi har bir millat tilida ma’lum voqealar izohi, sirli tushunchalarga to‘qima yechim, yoki asotiriy qarashlarning turg‘unlashishi asosida shakllangan irim-sirimlarning mavzu doirasi juda ham keng. Garchand irim-sirimlar ma’lum ilmiy asoslarga ega bo‘lmasa-da, turli xil ilmiy aspektlarda o‘rganiladi. Jumladan, irim-sirimlar tarix, etnografiya, umumiy psixologiya, etnopsixologiya, mamlakatshunoslik, sotsiologiya, tilshunoslik sohalarida irim-sirimlar bilan bog‘liq tadqiqotlar keng ko‘lamli tarzda olib borilmoqda. Ushbu maqolada irim-sirimlar bilan bog‘liq til birliklariga doir Amerika, Yevropa, Yaponiya va O‘zbekiston tilshunoslari tomonidan o‘tkazilgan tahlil natijalari, yutuq va kamchiliklari tavsifiy usulda tadqiq etiladi. Maqoladan ko‘zlangan maqsad etnografik tushunchal bilan bog‘liq til birliklarining o‘rganilish ahamiyatini ochib berishdan iborat.

Kalit so'zlar: etnik tushunchalar, etnografizm, leksik etnografik birliklar, semiotika, irim-sirimlar, madaniy kod, madaniy fenomen, milliy kolorit, lingvomadaniy ko‘rinish, bir ma’nolik, metaforik ko‘chimlar, kognitiv belgilar, lingvistik joziba

Jurnaldagi sahifalar: 222 - 238

Yuklab olish