Muallif: Ro‘ziyeva, Nasiba Kenjayevna
Annotatsiya: Is’hoqxon To‘ra Ibrat shoir, tarixnavis, tilshunos va islomshunos sifatida o‘zidan boy meros qoldirgan. Xatning o‘n yetti turida qalam yurgizgan mohir hattot, o‘z nomida “Matbaai Is’hoqiya”ni tashkil etgan birinchi o‘zbek noshirlaridan. “Jom’e ul-hutut” dunyoda mashhur bo‘lgan 41 xil yozuv tizimi haqida, shu jumladan, arab xatining suls, tavqe’, rayhon, zulf, humoyun, turra kabi shakllari haqida ma’lumot beradi vashu bilan birga, unda husnixat san’atiga oid fikrlar bildiriladi. Ibrat ushbu asarida rus tili bilan bir qatorda ingliz, fransuz, nemis, lotin kabi chet tillarni o‘rganish ilm-fan va madaniyatni egallashda katta rol o‘ynashini ta’kidlaydi. U to‘rt tilni, ya’ni arab, fors, hind-urdu va ingliz tilini mukammal o‘rgandi.Chet ellarda u Sharq va Garb xalqlari hayoti, madaniyati va san’atini muqoyasa etish imkoniga ega bo‘ldi. Yevropaning ilg‘or ilm fanini yaqindan o‘rgandi, ilmiy asarlari uchun qimmatli materiallar to‘pladi. U Sharq xalqlari tillari bilan bir qatorda G‘arb xalqlari tillarini bilish zarur deb hisobladi va Arabistonda fransuz tilini, Hindistonda ingliz tilini, shu bilan birga eng qadimiy finikiya, yahudiy, suriya, yunon yozuvlarini o‘rgandi. Bu haqida zamondoshi Ibrohim Davron shunday yozadi: “Fazoili insoniyadin maoda qozi to‘ra (Is’hoqxon) janoblari turkcha, forscha, hindcha, ruscha lison bilib, yana ruscha, fransuzcha, armanicha va boshqa xatlar yozmoqqa mohirdurlar”(“Turkiston viloyati gazetasi” 1908,56-son)
Kalit so'zlar: Matbaai, suls, tavqe’, rayhon, zulf, humoyun, turra, insoniydan, avon (vaqt, davr), akobir (eng ulug‘lar) ansab (munosib, loyiq, arz (yer), aqbo (qiyinchilik), ahkom (nizom, yo‘l-yo‘riq), bazla (yoqimli so‘z), ahodis (hodisalar), ahsan (go‘zal), dabiston (maktab), vola (maftun, shaydo), mabda’ (boshlanish), zabar (ust, ustki), fuzalo (fozil kishilar).