Muallif: Muqumova, Surayyo Qayumovna
Annotatsiya: «Saddi Iskandariy» dostonida Iskandarning Qirvon o‘lkasidagi xalqlarni ya’jujlar zulmidan qutqargani bayon etilgan. Bu baloyu ofatdan xalqni qutqarish uchun Iskandar maxsus devor–muhofaza va mudofaa devori qurdiradi. Darhaqiqat ”himoya devori” hamma zamonlar uchun ham har jabhada dolzarb. Jamiyat hayotidagi xavf turi va darajasiga ko‘ra muhofaza me’yori ham ortib boraveradi. Insondagi ba’zi o‘ta xafli, salbiy xususiyatlardan qutulish uchun kuchli, mustahkam ma’naviy himoya-to‘siq ham darkor. Bu ”devor”ni har kim uchun uning o‘zi barpo etadi.
Kalit so'zlar: “Xamsa”, yajujlar hujumi, Iskandar devori, muhofaza, himoya
Jurnaldagi sahifalar: 747 - 752