Muallif: Tukhtaev, Uktamjon
Annotatsiya: Maqolada O‘zbekiston Respublikasida yangi to‘lov vositalaridan biri hisoblangan blokcheyn, bitkoin va boshqa kriptovalyutalarni tartibga solishning huquqiy tahlili keltirilgan. Bundan tashqari, toʻlov tizimlari, raqamlashtirish va uning tarkibiy qismlari boʻyicha rasmiy pozitsiya taqdim etilgan. Jamiyat hayotining turli jabhalarida raqamli texnologiyalardan eng samarali foydalanish uchun qonunchilikda davlat manfaatlari, iqtisodiy ehtiyojlar va texnologik imkoniyatlar o‘rtasida mutanosiblikni topish zarurligi ta’kidlangan.
Kalit so'zlar: blokcheyn, Bitcoin, kriptovalyuta, kripto almashinuvi, qimmatli qog'ozlar.
Jurnaldagi sahifalar: 448 - 454