Muallif: Turanov, Diyorbek
Annotatsiya: Farmatsevtika mahsulotlarining iste'mol bozorida aholi salomatligi va xavfsizligiga bevosita ta'sir ko'rsatadigan, alohida e’tibor qaratilishi kerak bo'lgan muhim sektordir. Iste'molchilarga taqdim etilayotgan dori vositalarining sifati, samaradorligi va xavfsizligini nazorat qilishda davlat tomonidan tartibga solinishi muhim rol o'ynaydi. Ushbu maqola mamlakatimiz hududida dori vositalarini yetkazib berish zanjiri yaxlitligini ta'minlash va iste'molchilarni sifatsiz yoki qalbaki dori vositalari bilan bog'liq bo'lishi mumkin bo'lgan xavflardan himoya qilishda O'zbekiston Respublikasi tomonidan tartibga solishning ahamiyatini o'rganadi.
Kalit so'zlar: farmatsevtika, dori vositalari, normativ-huquqiy hujjatlar, nazorat mexanizmlari, farmatsevtika kompaniyalari, iste'molchilar, kontrafakt dori.
Jurnaldagi sahifalar: 54 - 58