25.05.2025
80
JADIDCHILIK – ZAMONAVIY ONGNING SHAKLLANISHI SIFATIDA

Muallif: Pardayev, Abdurahim Chori o‘g‘li

Annotatsiya: Ushbu maqolada jadidchilik harakati nafaqat tarixiy-ma’rifiy voqelik, balki modern ong shakllanishining mintaqaviy ifodasi sifatida falsafiy-ijtimoiy nuqtai nazardan tahlil etiladi. Jadidchilikning g‘oyaviy manbalari, epistemologik asoslari, modernizatsiyaga oid strategiyalari va identitet bilan bog‘liq muammolari yoritiladi. Ayniqsa, XIX asr oxiri va XX asr boshlarida musulmon sharqida yuzaga kelgan global-modern jarayonlarning lokal aks-sadosi sifatida jadidchilikni tushunish zarurligi asoslanadi. Maqolada Ismoil G‘aspirali, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvarqori Abdurashidxonov kabi jadidlarning faoliyati orqali yangi tafakkur – tanqidiy fikrlash, ilmiy yondashuv, dunyoviylik va axloqiy yangilanish g‘oyalari qanday shakllangani ochib beriladi. Jadidchilik modern ongda intellektual kurash, ijtimoiy islohot va milliy uyg‘onish o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni ko‘rsatib, musulmon jamiyatlarida zamonaviylikning o‘ziga xos modelini vujudga keltirgani ta’kidlanadi.

Kalit so'zlar: jadidchilik, modern ong, islohot, g‘oya, identitet, tafakkur, musulmon modernizmi, tarixiy ong, tanqidiy fikr.

Jurnaldagi sahifalar: 26 - 35

Yuklab olish