Muallif: Abdug‘afforzoda, Abdujalilova Ruxshona
Annotatsiya: Mazkur maqolada kriminalingvistikaning jahon tilshunosligidagi o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi.Kriminalingvistika – tilshunoslik va kriminalistika fanlarining kesishgan nuqtasida shakllangan, sud jarayonlari, tergov faoliyati, huquqiy ekspertizalarda tilning turli jihatlarini o‘rganishga yo‘naltirilgan interdistsiplinar soha hisoblanadi. Maqolada turli tizimli tillarda, xususan, ingliz, o’zbek, yapon va mandarin - xitoy tillarida kriminalingvistik tahlil metodlari hamda ularning o‘ziga xosliklari ko‘rib chiqilgan. Jumladan, yozma matnlarni ekspertiza qilish, tovushli ma’lumotlarni tahlil qilish va huquqiy diskursni tadqiq qilishda lingvistik omillarning roli o‘rganiladi. Ushbu maqola xalqaro kriminalingvistikaning rivojlanish tendensiyalari va tadqiqot metodologiyasini tahlil qilishga hissa qo‘shadi.
Kalit so'zlar: Kriminalingvistika, tilshunoslik va kriminalistika, sud lingvistikasi, huquqiy diskurs, matn ekspertizasi, tovush tahlili, turli tizimli tillar
Jurnaldagi sahifalar: 414 - 419