23.10.2025
226
JAMIYATDAGI IJTIMOIY ILLATLAR VA ULARNING YECHIMIGA DOIR AYRIM MULOHAZALAR

Muallif: Mustafayev, Ulash Utayevich

Annotatsiya: Ushbu maqolada jamiyatda kuzatilayotgan ijtimoiy illatlar - axloqiy buzuqlik, ajrimlar, befarqlik, ishsizlik, jinoyatchilik, giyohvandlik va ma’naviy tanazzul kabi hodisalarning mohiyati hamda ularning kelib chiqish sabablari tahlil qilingan. Muallif ijtimoiy illatlarning asosiy ildizini oilaviy tarbiya va ma’naviy qadriyatlarning zaiflashuvida deb baholaydi. Maqolada ijtimoiy muammolarning yechimi sifatida sog‘lom oila muhitini yaratish, nikoh institutining ahamiyatini oshirish, yoshlarni ma’naviy va axloqiy jihatdan yetuk qilib tarbiyalash, shuningdek, ta’lim tizimi va mahalla institutlari o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirish zarurligi asoslab berilgan.Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, mustahkam oila va sog‘lom ma’naviy muhit ijtimoiy illatlarning oldini olishda eng muhim omil hisoblanadi. Maqola jamiyatda ma’naviy poklikni mustahkamlash, oila institutini rivojlantirish va yoshlar ongida sog‘lom hayot falsafasini shakllantirishga qaratilgan ilmiy-amaliy xulosalar bilan yakunlanadi.

Kalit so'zlar: ijtimoiy illatlar, oila, nikoh, ma’naviyat, tarbiya, yoshlar, jamiyat, axloqiy qadriyatlar, ajrimlarning oldini olish.

Jurnaldagi sahifalar: 181 - 188

Yuklab olish