11.09.2026
17
KATTA CHUQURLIKDAGI KARBONAT KOLLEKTORLARDA ANOMAL QATLAM BOSIMLARINING SHAKLLANISH QONUNIYATLARI VA ULARNING GIDRAVLIK TABIATI

Muallif: Rahimov, Ashraf Rasul o‘g‘li; Usmonov, Kuvonchbek Mannonovich; Buronov, Firdavsiy Eshburiyevich

Annotatsiya: Maqolada katta chuqurlikdagi (3000 metrdan ortiq) neft-gaz kollektorlarida anomal qatlam bosimlarining (yuqori va past) shakllanish mexanizmlari, ularning gidravlik-termodinamik tabiati va Qashqadaryo viloyatidagi Alan gaz koni misolida namoyon bo‘lish xususiyatlari tahlil qilingan. Chuqur quduqda ta'sir etuvchi bosimlar tizimi (geostatik, gidrostatik, qatlam, gidrodinamik va differensial bosimlar) ilmiy jihatdan tasniflangan, ularning o‘zaro bog‘liqligi matematik ifodalar orqali asoslangan. Anomallik koeffitsiyenti tushunchasi va uning diapazonlari (0,45 dan 2,10 gacha) yoritilgan. Alan konining boshlang‘ich bosqichida me'yoriy gidrostatik bosimga yaqin bo‘lgani, biroq 40 yildan ortiq ekspluatatsiya natijasida anomal past qatlam bosimi (ANPB, Ka=1,7-1,8 dan pasayib) sharoitiga o‘tgani ko‘rsatilgan. Poristik-darzli muhitlarda ko‘p fazali filtratsiya nazariyasining zamonaviy holati va mavjud gidravlik hisob-kitob usullarining kamchiliklari tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: anomal qatlam bosimi, gidrostatik bosim, geostatik bosim, anomallik koeffitsiyenti, karbonat kollektor, Alan gaz koni, nolinear filtratsiya.

Jurnaldagi sahifalar: 288 - 294

Yuklab olish