29.09.2022
355
KATTALAR TA’LIMI TIZIMINI RIVOJLANTIRISH MUAMMOLARI VA TENDENSIYALARI

Muallif: Bekmuradova, Gulnoza Maxmudovna

Annotatsiya: Globallashuv va fan-texnikaning jadal rivojlanishi mutaxassislarning zamon talablari va kasbiy-innovatsiyalarga nisbatan tezkor moslashishini talab etmoqda. Bugungi kunda mutaxassis 5-10 yil oldingi oliy ta’lim muassasasida olgan bilimlari bilan kasbiy-shaxsiy faoliyatini muvaffaqiyatli tashkil eta olmasligi, mehnat bozorida raqobatbardoshlikni ta’minlay olmasligini hayotning o‘zi taqozo etmoqda. Bu esa o‘z navbatida, mutaxassislarning kasb darajasi va malakasini uzluksiz oshirib borish, ularni zamonaviy talablarga muvofiq qayta tayyorlash va malakasini oshirish orqali kasbiy va shaxsiy rivojlanish darajasini ta’minlash masalasining dolzarbligini belgilaydi. Mazkur maqolada O‘zbekistonda qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimida kattalar ta’limining zamonaviy tendensiyalari yoritib o‘tiligan.

Kalit so'zlar: kattalar ta’limi, androgogika, tendensiya, malaka oshirish, qayta tayyorlash.

Jurnaldagi sahifalar: 279 - 287

Yuklab olish