Muallif: Qoraboyev, Muxammadjon Qoraboyevich; Onarqulov, Karimberdi Egamberdiyevich; Ergashev, Erkinjon Abdusattor o‘g‘li; Nazirjonov, Sevinchbek Baxodir o‘g‘li
Annotatsiya: Biologik suyuqlik tananing ichki muhitining dinamik barqarorligini aks ettiradigan kompleks vosita bo‘lib shu bilan birga, og‘iz suyuqligi turli omillar ta'sirida turli, fizik-kimyoviy va biologik xususiyatlarga ega bo‘lishi mumkin va organizm reaktivligining ko‘rsatkichlaridan biri hisoblanadi. Ilm-fan sohasida erishilgan ko‘plab ma'lumotlar, insondagi biologik suyuqlik (so‘lak) asosiy tadqiqotlarda va tibbiy tashxislarda foydalanish uchun katta salohiyatga ega bo‘lgan noyob moddadir degan xulosaga kelishimizga asos bo‘lib xizmat qiladi. Biologik suyuqliklarning ichki tuzilishi va uning miqdorlariga bog‘liq holda bug‘lanish jarayonida bo‘ladigan fizikaviy o‘zgarishlar va qattiq fazasini baholash usullari laboratoriya diagnostikasida juda keng qo‘llanilishi, biologik suyuqlikni olish jarayonining soddaligi, shuningdek, yuqori sezuvchanlik va axborot olish imkoniyatining mavjudligi o‘rganila boshlangan yangi yo‘nalishlardan biri xisoblanadi. Odatda ushbu usuldan foydalanishda tekshirilayotgan biologik suyuqlikning tomchi ko‘rinishini oluvchi ma’lum miqdorini bug‘lanishi jarayonida bo‘ladigan fizik jarayonlar va bug‘langanidan so‘ng hosil bo‘ladigan qattiq ko‘rinishdagi cho‘kma (fatsiya)ni morfologiyasi o‘rganiladi. Biz jarayonni o‘rganish uchun hozirgi kunda davr talabiga javob bera oladigan zamonaviy mikroskopdan foydalandik, mikroskopning asosiy vazifasi faqatgina ob'ektni kengaytirilgan ko‘rinishda ko‘rsatish emas balki, rasm olish, rasmga olingan ob’ektni ekranga uzatish, ularni ko‘rsatkichlarini aniqlash, video tasvir hosil qilishdan iborat. Tajriba natijalarini olish jarayonida biz kichik o‘lchamdagi ya’ni mikrometr darajadagi qiymatlarni o‘lchash imkoniyatiga ega bo‘lamiz.
Kalit so'zlar: Biologik suyuqlik, Natriy-xlorid, oqsil, tomchi, suvsizlanish, fatsiya,
Jurnaldagi sahifalar: 933 - 941