21.01.2025
12
KOGNITIV METAFORALAR TARJIMASI: KONSEPTUAL VA MADANIY TAFOVUTLAR TALQINI

Muallif: Juraqobilova, Hamida Xolmatovna

Annotatsiya: Metafora har bir xalqning milliy-madaniy xususiyatlari, an’analari, urf-odatlari, dunyoqarashini aks ettiradigan ko‘p qirrali lingvistik hodisadir. Shu bois bugungi kunda metaforani lingvokognitiv, lingvomadaniy jihatdan muayyan bir til, yoki turli tillarni qiyoslash, chog’ishtirish doirasida o‘rganishga qiziqish ortib bormoqda. Bu esa o‘zbek va chog’ishtirilayotgan tillarda so‘zlashuvchi xalqlarning ijtimoiy-madaniy aloqalarining rivojlanishiga, ikkala xalqning assotsiativ tafakkuridagi o‘xshash va farqli jihatlarni aniqlashga hissa qo‘shmoqda. Maqolada metafora xalqning milliy-madaniy xususiyatlari va dunyoqarashini aks ettiruvchi lingvistik hodisa sifatida lingvokognitiv, lingvomadaniy nuqtai nazardan tadqiq qilindi. O‘zbek tilidagi kognitiv metaforalarning milliy-madaniy xususiyatlari va tarjimada qayta yaratilish muammolari o‘zbek adibi Abdulhamid Cho‘lponning “Kecha va kunduz” asarining fransuz tilidagi tarjimasi misolida tahlil qilindi.

Kalit so'zlar: kognitiv metafora, til va tafakkur, konseptual metafora, konsept, lingvistik hodisa, milliy-madaniy xususiyatlar, badiiy matn, assotsiativ tafakkur

Jurnaldagi sahifalar: 51 - 59

Yuklab olish