Muallif: Shavkatov, Sherali Shavkatovich
Annotatsiya: Inson mohiyatini falsafiy jihatdan chuqurroq tahlil qilish uchun Muhammadrizo Ogahiyning antropologik qarashlarini oʻrganish, uning asarlarida yoritilgan insonga xos ijtimoiy sifatlar, fazilatlar va ta’lim tarbiya, mehnat, bilim, turli munosabatlar, axloqiy me’yorlarning shakllanishi va ijtimoiylashuvini falsafiy jihatdan ochib berish bugungi kunning dolzarb mavzularidan biri hisoblanadi. Xalqimizning ma’naviy dunyosining shakllanishi va rivojlanishiga kuchli ta’sir koʻrsatgan, ilm – fan ravnaqi va mukammal boʻlishi uchun xizmat qilgan xalqimizning ma’naviy, tasavvufiy-falsafiy tafakkurini boyitishda alohida oʻrin tutgan Muhammadrizo Ogahiyning asarlari bugungi kunga qadar insoniyat ma’naviy merosida katta ahamiyatga ega ekanligini koʻrsatish ushbu maqolaning asosiy maqsadi hisoblanadi. Shuningdek, unda Muhammadrizo Ogahiyning antropologik qarashlarida insonning ma’naviy olamiga kirib borish orqali inson mohiyatini chuqurroq anglash hamda komil insonni shakllantirish mumkin, degan gʻoyani ham koʻrish mumkin.
Kalit so'zlar: falsafiy antropologiya, komil inson, yaxshi soʻz, yaxshi fe’l, yaxshi axloq va maorif, tasavvuf, “Qasidai nasihat”.
Jurnaldagi sahifalar: 430 - 440