16.03.2025
73
KONSTITUTSIYANING IJTIMOIY-SIYOSIY AHAMIYATI

Muallif: Xalilova, Gulnigor Sunnatillo qizi; Sayfullayev, Behruz Dilshod o‘g‘li

Annotatsiya: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmatiga oid huquqlari oliy qadriyat ekanligi qayd qilingan bo‘lib, asosiy qonun mamlakatda inson huquqlarini himoya qilish, fuqarolik jamiyati asoslarini rivojlantirish, jamiyat hayotining ijtimoiy-siyosiy sohalarini liberallashtirish va modernizatsiya qilishda mustahkam poydevor sifatida xizmat qiladi. Chunki, konstitutsiya fuqarolarning ijtimoiy va siyosiy hayotida muhim ahamiyat kasb etadigan huquqiy qomus sifatida uzoq yillar mobaynida tadrijiy taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tgan. Mazkur maqolada ham konstitutsiyaning ijtimoiy va siyosiy ahamiyati, uning rivojlanish xususiyatlari va tamoyillari haqida so‘z boradi.

Kalit so'zlar: konstitutsiya, qonun, hokimiyat, davlat, erkinlik, huquq, demokratiya, siyosiy institutlar, inson huquqlari.

Jurnaldagi sahifalar: 167 - 171

Yuklab olish