Muallif: Xamidova, Dilnavoz
Annotatsiya: Qadim zamonlardan beri jamiyatning intellektual ongi yangi tajribalarning faoliyatga tatbiqi va axborot manbaining ortib borishi orqali rivojlandi. Ushbu oʻzgarishlarda e’tibor qartadigan bir jihat, bu insoniyat tarixi davomida tillarning uzluksiz taraqqiy etishidir. Kundalik hayotda foydalaniladigan tushunchalarning miqdori bizga meros ma’lumotlar salmog‘ini orttirmoqda. Shu sabab so‘nggi yillarda sodir bo‘lgan voqea-hodisalar, yaratilgan narsa-predmetlarni ifodalash, ularga nom berish vazifasi lingvistika, leksikologiya, onomastika kabi fanlar oldida turgan dolzarb masaladir. Ushbu maqola koreys tilida neologizatsiya masalasini, uning leksik qatlamida ko‘p sonli neologizmlar qanday yaralishi va jamiyat tomonidan qabul qilinishining asosiy sabablarini hamda ular qanday ma’noni anglatishini o‘rganishga bag‘ishlanadi.
Kalit so'zlar: neologizm, neologizatsiya, slenglar, qisqartmalar, moda so‘zlar, yangi so‘zlar, akronim
Jurnaldagi sahifalar: 263 - 270