13.08.2023
391
KORPORATSIYALARDA DIREKTORLARNING O‘Z VAKOLATLARI DOIRASIDAN CHIQIB TUZGAN BITIMLAR YUZASIDAN JAVOBGARLIK MASLALARI.

Muallif: Umarova, Xolisxon Nomoz qizi

Annotatsiya: Ijro organi korporatsiyalar faoliyatida hamisha salmoqli o‘rin egallab kelgan. Garchi korporatsiyalarning oliy boshqaruv organi umumiy yig‘ilish hisoblansada, asosiy xo‘jalik yurituvi va boshqaruvi korporatsiya direktorlari yoxud kollegial ijro organining boshqaruvida bo‘ladi. Korporatsiyalarda javobgarlikning chegaralanganligi, direktorlar uchun javobgarlik masalasining aniq belgilab qo‘yilmaganligi ba’zi hollarda direktorlar tomonidan bunday huquqlarni suiiste’mol qilinishiga ham olib kelmoqda. Ushbu maqola orqali biz korporatsiyalarda direktorlar o‘z vakolati doirasidan chiqib tuzgan bitimlar natijasida yuzaga kelgan zarar bo‘yicha jamiyat oldidagi javobgarlik masalasini O‘zbekiston Respublikasi hamda romana-german, shuningdek, anglo-sakson huquq oilalariga mansub xorijiy davlatlar qonunchiligi asosida tahlil qilib o‘tamiz.

Kalit so'zlar: ijro organi, javobgarlik, fiksiya nazariyasi, fidutsiar majburiyat, bono fide.

Jurnaldagi sahifalar: 500 - 512

Yuklab olish