Muallif: Raximov, Nuritdin Raxmanovich
Annotatsiya: Ushbu maqolada korporativ korxonalarni boshqarishda zamonaviy axborot tizimlaridan foydalanish masalalari yoritilgan. Jumladan, iqtisodiyotni raqamlashtirish jarayonida sun’iy intellektga asoslangan axborot tizimlarida korxonalarni ma’lumotlarini intellektual tahlil qilishda axborot tizimlaridan foydalanish asoslari 1-S Korxona 8.3 dasturi misolida ifodalangan. Bugungi kunda, korxonalarda juda katta xajmdagi axborotlar oqimi mavjudligi, o‘z-o‘zidan bunday korporativ korxonalarni boshqarish va ularda qaror qabul qilish jarayoni o‘ta murakkab jarayon bo‘lib qolmokda. Korxonalarning tobora ko‘proq noaniqlik sharoitida ma’lumotlarni oldindan aniq algoritm va qoidalarga asoslanmagan xolda avtomatik ravishda izlash va noma’lum parametrlarni aniqlash imkonini beruvchi sifat jihatidan yangi metod va vositalarga bo‘lgan talabi ortib bormoqda. Bu esa o‘z-o‘zidan korxonalar uchun yangi sun’iy intellektga asoslangan intellektual axborot tizimlarini yaratish va tadbiq qilishga asos bo‘ladi. Shu nuqtai nazardan, maqolada korporativ korxonalarda boshqarish va qaror qabul qilish jarayonida aniq deterministik strukturalashtirilgan, strukturalashtirilmagan va uncha strukturalashtirilmagan holatlarda sun’iy intellektga asoslangan axborot tizimlarini o‘rni va ahamiyati yoritilgan.
Kalit so'zlar: Sun’iy intellekt, korporativ korxona, intellektual tahlil, axborot tizimlari, strukturalashtirilgan va strukturalashtirilmagan ma’lumotlar, integratsiya.
Jurnaldagi sahifalar: 680 - 689