Muallif: Mislibayev, Ilxom Tuychibayevich; Xasanov, Obid Abdullayevich; Alimov, Shoxriddin Muxammatovich; Berdiyeva, Dilrabo Xasanovna.
Annotatsiya: Maqolada “Olmaliq KMK” AJ Issiqlik elektr markazi (IEM) bug‘ qozonlarini qizdirishda ishlatilgan kо‘mirning kuli va yonmagan qismidan foydalangan holda, qazib olingan bо‘shliqni tо‘ldirish ishlari va texnik jihatdan tadbiq qilish afzalliklari va imkoniyatlari hisoblab chiqilgan. Iqtisodiy kо‘rsatgichlarini hisoblash va tahlil qilish bu о‘zgartirishlarning maqsadga nomuvofiqligini kо‘rsatib beradi. Kovuldi koni sharoitida qotuvchi tо‘lg‘azmaning 1 m3 uchun sarflanadigan harajatlari ishlab chiqildi va ishlab chiqilgan kon ishlari rejasiga asosan qо‘shimcha qovushqoq vositalarining ushbu summadagi ulushi 22% dan oshib ketmasligi talab qilindi. Shu shartdan kelib chiqib taklif etilgan variantning iqtisodiy hisob-kitobi aniqlangan.
Kalit so'zlar: qotuvchi tо‘lg‘azma, kо‘mir kuli, qizil qum, fraksiya o‘lchamlari, transportabellik (kameragacha yetkazib kelish), kemera, qazib olish tizimi, sement, marmar qumi.
Jurnaldagi sahifalar: 122 - 130