Muallif: Qurbonov, Bobur
Annotatsiya: Mazkur maqolada “Latoyifnoma” tazkirasida uchraydigan tanqidiy fikrlar tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida mualliflarning shoirlarga nisbatan bildirgan salbiy baholari ularning axloqiy-tarbiyaviy qarashlari bilan uzviy bog‘liqligi aniqlanadi. Shuningdek, Alisher Navoiy va Faxriy uslublarining o‘ziga xos jihatlari, tanqidni ifodalash shakllari va ularning mazmuniy xususiyatlari keng yoritiladi. Natijada, tazkiralardagi tanqidiy fikrlar shaxsiy baho emas, balki jamiyatda ma’naviy me’yorlarni shakllantirishga xizmat qiluvchi muhim vosita ekanligi asoslab beriladi.
Kalit so'zlar: tazkira, tanqid, axloqiy g‘oya, uslub, Navoiy, Faxriy, sharh, tavsif, adabiy meros.
Jurnaldagi sahifalar: 173 - 180