22.04.2022
558
LAVOZIMDAN CHETLASHTIRISH MAJBURLOV CHORASINI QO‘LLASHDA QONUNIYLIKKA RIOYA ETISH

Muallif: Maxmudov, Muzaffar Maksud o‘g‘li

Annotatsiya: Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi demokratik, umuminsoniy prinsiplarga asoslanishi, ularga ko‘ra inson, uning hayoti, uning erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat deb e’tirof etilganligi va bu demokratik huquq va erkinliklar bevosita Konstitutsiya va qonunlar bilan himoya qilinishi, Jinoyat-protsessual majburlov choralarini qo‘llashning konstitutsiyaviy-huquqiy asosi hisoblanishi haqida maʼlumotlar berib o‘tildi. Shuningdek, ushbu maqola jinoyat protsessual majburlov tushunchasi, mohiyati va vazifalari, protsessual majburlov choralarining turlari, jinoyat protsessida shaxs huquqlarini cheklash asoslari va chegaralari, insonning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini cheklash bilan bog‘liq bo‘lgan hamda bevosita ularni cheklash bilan bog‘liq bo‘lmagan jinoyat-protsessual majburlov choralari, ushlab turish, ehtiyot choralari, lavozimdan chetlashtirish, majburiy keltirish, shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish, jinoyat protsessi ishtirokchilarining xavfsizligini ta’minlash, surishtiruvda, dastlabki tergovda va sudda protsessual majburiyatlarni hamda tartibni buzganligi uchun javobgarlik, lavozimdan chetlashtirish asoslari, uni qo‘llash va uning ustidan shikoyat qilish tartibi, amal qilish muddati, ayrim toifadagi mansabdor shaxslarni lavozimidan chetlashtirish tartibi, qonunga xilof ravishda lavozimdan chetlashtirish oqibatida yetkazilgan ziyonni qoplash qoidalari, lavozimidan chetlashtirish to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish haqidagi qaror to‘g‘risida atroflicha ma’lumot olishga imkon beradi.

Kalit so'zlar: Konstitutsiyaviy huquq va erkinliklar, Jinoyat-protsessual majburlov choralari, qonuniylik, lavozimdan chetlashtirish, iltimosnoma qo‘zg‘atish haqidagi qaror, asoslanganlik.

Jurnaldagi sahifalar: 782 - 791

Yuklab olish