Muallif: Хужамов, Умиджон Умаркулович; Хужамова, Гулнигор Умаркуловна
Annotatsiya: Ilmiy-texnik adabiyotlarda ko‘pincha kimyo, neftni qayta ishlash, oziq-ovqat va boshqa sanoat tarmoqlarida suvni organik moddalar va qattiq suspenziyalardan tozalash, aralashmalarni ajratish, tindirishni tezlashtirish uchun ishlatiladigan flotatsiya atamasiga duch kelamiz. Flotatsiya ko‘pgina foydali qazilmalarni boyitishning asosiy texnologik jarayonlaridan biri bo‘lib, mayin maydalangan zarrachalar aralashmalarini ajratish orqali amalga oshiriladi. Flokulyatsiya jarayonlari uzoq vaqtdan beri ma’danni boyitish jarayonlarida muvaffaqiyatli qo‘llanilib kelinmoqda, ehtimol bu yo‘nalishda ham eng katta nazariy va amaliy tajriba to‘plangan. Selektiv flokulyatsiya - foydali qazilmalarni konsentrlash va boyitish, xomashyodan alohida qimmatbaho moddalarni ajratib olishning eng istiqbolli usuli.
Kalit so'zlar: flotatsiya, ko‘pik hosil qiluvchilar, muhit sozlovchilar, ksantogenatlar, ditiofosfatlar, merkaptanlar, yig‘uvchilar.
Jurnaldagi sahifalar: 138 - 145