Muallif: Tadjibayeva, Dilnavoz Ozodovna
Annotatsiya: Axborot asrining oʻziga xos xususiyatlari, mafkuraviy va ma’naviy tajovuzlarning kuchayayotganligi ijtimoiy fanlarning ahamiyatini bir necha marotaba oshirdi. Dunyodagi yovuz niyatli siyosiy harakat va kuchlar oʻz taʻsir doirasini millatchilik, axloqsizlik, diniy ekstremizm, shovinizm, neofashizm, irqchilik, separatizm, demokratiyani eksport qilish, gʻarbona ommaviy madaniyat kabi niqoblangan gʻoyalar va mafkuralar orqali kengaytirishga harakat qilib, yangidan-yangi usul va vositalarni kashf qilmoqda. Maqolada mafkuraviy faoliyatda ijtimoiy-gumanitar fanlarning o‘rni, boʻlajak mutaxassislarning oʻz faoliyatida masʻuliyatni his etgan holda siyosiy jihatdan hushyor boʻlishi, voqelikni toʻgʻri baholashi, mantiqiy va tanqidiy fikrlash koʻnikmasiga ega boʻlishidadi ahamiyati yoritilgan.
Kalit so'zlar: axborot asri, mafkuraviy va maʻnaviy tajovuzlar, ijtimoiy fanlar, axloqsizlik, diniy ekstremizm, shovinizm, demokratiyani eksport qilish, gʻarbona ommaviy madaniyat, mantiqiy va tanqidiy fikrlash koʻnikmasi, bagʻrikenglik va insoniylik.
Jurnaldagi sahifalar: 471 - 477