Muallif: Gadoyeva, Lobar Ergashevna
Annotatsiya: Ushbu maqolada O‘zbekiston jamiyatida mahalla institutining sog‘lom turmush tarzini shakllantirishdagi o‘rni ijtimoiy-falsafiy nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Sog‘lom turmush tarzi etnomodeli milliy qadriyatlar, jamoaviy salomatlik madaniyati, mahalla tizimining tarixiy funksiyalari hamda zamonaviy ijtimoiy islohotlar bilan uyg‘unlikda ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotda mahalla – nafaqat hududiy o‘zini o‘zi boshqarish birligi, balki sog‘lom avlodni tarbiyalash, jamoaviy mas’uliyatni shakllantirish, ijtimoiy birdamlikni mustahkamlashga qaratilgan noyob sotsial institut sifatida baholanadi. Maqola sog‘lom turmush tarzining milliy modeli qanday shakllanayotgani, an’anaviy qadriyatlar bilan modernizatsiya jarayonlari qanday uyg‘unlashayotgani va mahallaning jamoaviy salomatlikni ta’minlashdagi amaliy mexanizmlarini yoritadi.
Kalit so'zlar: Mahalla tizimi, sog‘lom turmush tarzi, etnomodel, jamoaviy salomatlik, ijtimoiy-falsafiy tahlil, milliy qadriyatlar, jamoa madaniyati, profilaktika, ma’naviy-axloqiy tarbiya, O‘zbekiston.
Jurnaldagi sahifalar: 132 - 137