05.10.2022
345
MAHALLIY DAVLAT HOKIMIYATI ORGANLARINING QARORLARINI HAQIQIY EMAS DEB TOPISHNING FUQAROLIK-HUQUQIY TARTIBGA SOLISHNI TAKOMILLASHTIRISH

Muallif: Parpixo‘jayev, Nusratullo Nig‘matullo o‘g‘li,

Annotatsiya: Ushbu maqolada mahalliy davlat hokimiyati organlarining qonunga zid, fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining huquq hamda manfaatlarini buzadigan qarorlarini haqiqiy emas deb topish va uning oqibatlarini qo’llashning fuqarolik huquqiy tartibga solinishi tahlil qilingan. “Xususiy-huquqiy” davlatning boshqaruv shaklida huquq subyektlariga erk-muhtoriyatning ko’proq berilishi bilan, ularning fuqarolik huquqlarini himoya qilish usullari ham doimiy takomillashib borishni talab etadi. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlarini haqiqiy emas deb topish va uning oqibatlarini qo`llash ham fuqarolik huquqlarini himoya qilishning muhim usuli bo`lib, uning ahamiyatini sud amaliyotida bunday turdagi ko`rilgan ishlar sonidan ham bilib olish mumkin. O`zbekiston Respublikasi Oliy sudining rasmiy statistikasiga ko`ra Respublikamiz hududida 1 yil davomida hokim qarorlarini haqiqiy emas deb topishga doir 2992 ta ish ko`rilgan bo`lib, ulardan 1255 tasi fuqarolik huquqi subyektlari foydasiga haqiqiy emas deb topilgan. Tadqiqot davomida ushbu himoya usulini fuqarolik huquqiy tartibga solish va uni takomillashtirish istiqbollari muhokama qilinadi.

Kalit so'zlar: fuqarolik huquqiy tartibga solish, “xususiy-huquqiy” boshqaruv, fuqarolik huquqiy javobgarlik, haqiqiy zarar, boy berilgan foyda, restitutsiya.

Jurnaldagi sahifalar: 392 - 401

Yuklab olish