Muallif: Mahkamov, N.J.
Annotatsiya: Umurtqalar orasidagi tog‘ayli disk - atrofida fibroz xalqa va dirildoq yadrodan tashkil topgan. Umurtqaning bo‘g‘im yuzasi pastdan va yuqoridan tog‘ayli disk suyaklarga mustaxkam zich tutashgan. Tog‘ayli diskning ichki yuzasi qalin va zich kollagen tolalaridan iborat bo‘lib, fibroz yuzasi nisbatan yupqa, taxminan ikki barobar yupqa fibroz qatlam bilan o‘ralgan. Diskning turli soxalarda tog‘ay to‘qimalarning gistologik ko‘rinishi turlichaligi aniqlandi. Umurtqa pog‘onasi protruziyasi va churrasini davolashda disk strukturasini gistokimyoviy va patomorfologik xulosalariga asoslanib muolajalar olib borilishi yaxshi natijalarga olib keladi. Tog‘ayli diskni mikroskopik tuzilishi hozirgi umurtqa pog‘onasi churrasini degenerativ va distrofik o‘zgarishlari ko‘payib borayotgan bir paytida, diagnostika va davolash samaradorligini oshirishga hissa qo‘shgan bo‘ladi.
Kalit so'zlar: Umurtqa, churra, tog‘ayli disk, simfiz, fibroz xalqa, dirildoq yadro, tog‘ay.