Muallif: Kenjayeva, Zilola Saminjon qizi
Annotatsiya: Ushbu maqolada maktab o`quvchilarida kasbiy-ijodiy kompetensiyalarini rivojlantirishning zarurati tahlil qilinadi. Maqola kasbiy va ijodiy kompetensiyalar tushunchalarining ma’nosi, tarkibi va o‘zaro bog‘liqligini ko‘rib chiqadi. Kasbiy kompetensiya texnik bilimlar va amaliy ko‘nikmalarni, ijodiy kompetensiya esa yangi g‘oyalar yaratish va innovatsion yondoshuvlarni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, maqolada ushbu kompetensiyalarni rivojlantirishda innovatsion o‘qitish metodlari, amaliy ta’lim va ish joyida o‘rgatishning ahamiyati yoritiladi. Kasbiy-ijodiy kompetensiyalarni baholash va monitoring qilish jarayonlari hamda samarali hamkorlikni kuchaytirish masalalari ko‘rib chiqiladi. Maqola maktab ta’limida kasbiy-ijodiy kompetensiyalarni rivojlantirishga oid tavsiyalarni taqdim etadi va soha bo‘yicha kelgusi tadqiqotlar uchun istiqbollarni belgilaydi.
Kalit so'zlar: Kasbiy kompetensiya, Ijodiy kompetensiya, Innovatsion o‘qitish metodlari, Amaliy ta’lim, Ish joyidagi o‘qitish, Kompetensiyalarni baholash, Kompetensiyalarni monitoring qilish, maktab ta’limi, Ta’limda innovatsiyalar, Ta’lim samaradorligi, Kasbiy-ijodiy rivojlanish, Ta’lim metodologiyasi, Zamonaviy o‘qitish yondoshuvlari, o`quvchilar rivoji, Professional ta’lim.
Jurnaldagi sahifalar: 76 - 85