03.08.2022
475
«MAORIF VA O‘QITG‘UVCHI» JURNALIDAGI TARJIMA ASARLARDA ASLIYAT MANBANING SAQLANISH DARAJASI (1925-1929 YILLARDAGI SONLARI ASOSIDA)

Muallif: Soatova, Gulzoda Nurmamat qizi

Annotatsiya: Ushbu maqola “Maorif va o‘qitg‘uvchi” jurnali haqidagi ma’lumotlar bilan boshlanadi. Jurnaldagi adabiyot materiallari berib boriladigan bo‘limlar borasida fikr yuritiladi. Jurnalning 1925-1926-yillarida qancha tarjima asarlari yoritilganligi, tarjima asarlar nashr etishda qaysi ijodkorlar faol bo‘lganligi keltiriladi. Ulug‘ vatan urushidan so‘ng yurtimizda tarjima asarlarining yoritilishi, o‘zbek asarlariga rus tarjimonlarining qiziqishi, o‘zbek tilidan rus tiliga qilingan tarjimalar, rus, hind, tatar, tojik tilidan rus tili orqali qilingan tarjima asarlari haqida ma’lumotlar beriladi. Shuningdek, maqolada, asliyat manba bilan tarjima asarlari, bunda originallikning saqlanish darajasi, amal qilinadigan qoidalar o‘z aksini topadi. “Maorif va o‘qitg‘uvchi” jurnalining 9-10-qo‘shma sonida berilgan Lermantovning G‘ozi Olim tomonidan tarjima qilingan “Утёс” she’ri va 1926-yil 1-,2-,3-sonlaridagi Gogolning Saidaxmad Siddiqiy tarjimasida berilgan “Shinel” hikoyasi keltirilib, asliyat manba va tarjima asar o‘rtasidagi farqlar, yutuq va kamchiliklar ko‘rsatiladi. Ushbu asarlarning asliyat manbada qanday berilganligi, asliyatdagi ma’no, adibning hissiyotlari, ko‘zlangan maqsad tarjimada qay darajada saqlanganlik darajasi muhokama etiladi. Jurnalda berilgan boshqa tarjima asarlari, ularning qahramonlari haqida qisqacha ma’lumot berib o‘tiladi.

Kalit so'zlar: Maorif va o‘qitg‘uvchi, tarjima asarlar, asliyat manba, utyos, shinel, ma’no.

Jurnaldagi sahifalar: 665 - 675

Yuklab olish