Muallif: Ergasheva, Marjona O’ral qizi
Annotatsiya: Mazkur maqolada suv bilan bog’liq muammolarning geosiyosiy tus olib borishi, suv resurslaridan foydalanishdagi tushunmovchiliklar sababli kelib chiqayotgan davlatlar o’rtasidagi nizolar, Orol fojeasining kelib chiqish sabablari va uning hozirgi kundagi oqibatlari, tobora qurib borayotgan Kaspiy dengizi, transchegaraviy daryolardan foydalanishning geosiyosiy jihatlari, Afg’onistonda qurilayotgan “Qo’shtepa” kanalining Markaziy Osiyoga ta’siri, Rog’un va Qambarota GESlari qurilishining kelishmovchiliklarga sabab bo’lganligi hamda suvdan bosim quroli sifatida foydalanishga urinishlar kabi bir qator masalalar haqida so’z boradi.
Kalit so'zlar: suv stressi, suv urushlari, suv muxojirlari, Orol fojeasi, Kasbiy dengizi, transchegaraviy daryolar, Rog’un GESi, Qambarota GESi, Qo’shtepa kanali, Kampirobod suv ombori, “yer evaziga suv”, anklav, eksklav, chegaraviy nizolar.
Jurnaldagi sahifalar: 1037 - 1047