04.04.2026
59
MARKAZIY OSIYO XALQLARI KIYIM-KECHAKLARIDA IJTIMOIY, DINIY VA HUDUDIY TAFOVUTLAR

Muallif: Nazarov, Muhammadjon Xazratqul o‘g‘li;

Annotatsiya: Mazkur tadqiqot Markaziy Osiyo xalqlarining an’anaviy kiyim-kechak tizimini hududiy, diniy va ijtimoiy omillar o‘zaro ta’siri natijasida shakllangan murakkab etnomadaniy hodisa sifatida tahlil qiladi. Unda tabiiy-geografik sharoitlar, iqlim va xo‘jalik turlarining kiyim materiali, bichimi va funksional xususiyatlariga ta’siri ochib berilgan. Shuningdek, diniy qarashlar kiyimning yopiq shakllari, ramziy bezaklari va marosimiy ahamiyatini belgilab bergani ko‘rsatib o‘tiladi. Ijtimoiy omillar esa yosh, jins, oilaviy holat va tabaqaviy farqlarni vizual ifodalashda muhim rol o‘ynagan. Tadqiqot natijalari an’anaviy kiyim-kechaklarning nafaqat amaliy, balki identifikatsion, ramziy va ijtimoiy funksiyalarga ega ekanligini, hamda ularning tarixiy taraqqiyot jarayonida dinamik ravishda o‘zgarib borganini ko‘rsatadi.

Kalit so'zlar: An’anaviy kiyim-kechak, hududiy tafovutlar, etnik identifikatsiya, ijtimoiy tabaqalanish, diniy omillar, marosimiy liboslar, ramziy bezaklar, etnografik tahlil, hunarmandchilik an’analari, madaniy sintez.

Jurnaldagi sahifalar: 159 - 172

Yuklab olish