03.06.2023
372
MARKAZIY OSIYODA ARABLAR BILAN BOG’LIQ IJTIMOIY QATLAMLAR

Muallif: Mamarajabov, Bobur Normo’min o’g’li

Annotatsiya: Markaziy Osiyoga islomning kirib kelishi musulmon madaniyatini va tub aholi o’rtasida o’ziga xos sotsial qatlamlarni shakllantirdi. O’lkada islom mafkurasining keng tarqalishida faol ishtirok etgan shaxslar, muayyan sotsial guruhlarning a’zolari islom mafkurachilari tomonidan rag’batlantirilib, ijtimoiy hayotda o’zlari uchun zarur bo’lgan maqomni egallashga muyassar bo’lgandilar. Sababi – mavjud maqom unga jamiyatda o’z mavqeini mustahkamlash bilan birga ko’plab haq-huquqlarni berardi. Markaziy Osiyo, xususan, bugungi O’zbekiston hududida Husayniy sayyidlar va Hasayniy sayyidlar istiqomat qilishadi. Mintaqada ko’pchilikni tashkil etgan Husayniy, ya’ni imom Husayn avlodlari deyarli mamlakatning hamma viloyatlariga joylashishgan. Ilmiy manbalarda imom Hasandan avlodlar tarqalgani to’g’risida ma’lumotlar uchramaydi, sayyidlarning bir qancha vakillari o’zlarini shu zotga muqim bog’laydilar. Yuqori maqomdagi oilalar kelin olishda istagan toifadagi oila bilan quda-andachilik qilishi mumkin, ammo qizlar qat’i ravishda faxriy unvonli oila a’zosiga uzatiladi. Chunki avlod martabasi faqat erkak kishi tomonidan belgilanadi.

Kalit so'zlar: Eshon, sayyid, xo’ja, to’ra, toifa, imtiyoz, payg’ambar, avlod, shayx, tariqat, pir, qoracha, qatlam, fors, tojik, arab, nasab, qozi

Jurnaldagi sahifalar: 1048 - 1052

Yuklab olish