Muallif: Maxmudova, G.F., Soxibova, Z.R., Mamedov, U.S., Nurboboyev, A.U.
Annotatsiya: Tadqiqotning maqsadi fertil va keksa yoshdagi ayollarda bachadon bo‘yni xavfli o‘smalarining kliniko-anatomo-morfologik xususiyatlarini o‘rganishdan iborat. Izlanish bachadon bo‘yni xavfli o‘smasi bo‘lgan 60 nafar bemorning retrospektiv va prospektiv malumotlari asosida olib borildi. Kasallanish 52,2 yoshli ayollarda 35-39 yosh xamda 60-64 yoshlilarga nisbatan ko‘prok kuzatilmokda. Aytish mumkinki, ayollarda 83,3% xolatlarda yassi xujayrali rak turi uchramoqda. Aynan katta yoshli ayollarda rakning bu turi endofit shaklda o‘sib davoning qiyinlashiga va prognozining yaxshi bo‘lmasligiga sabab bo‘lmoqda.
Kalit so'zlar: endofit, retrospektiv, prospektiv, yassi xujayrali rak