Muallif: Umaraliyeva, Farangiz Shuxrat qizi
Annotatsiya: Ko‘p bosqichli tarzda nizolarni hal etish bu nizolarni hal etishning turli muqobil usullaridan foydalangan holda taraflar o‘rtasida muammoni bir necha bosqichda ko‘rib chiqishni anglatadi. Nizoni hal etishda turli muqobil usullar samara bermagan holatlarda oxirgi qadam sifatida ishni arbitrajda ko‘rib chiqish qoida o‘rnida qabul qilingan. Nizoni ko‘p bosqichli hal etish ketma-ketligi odatda muzokara, mediatsiya, ekspert aniqlash va hakamlik sudi bosqichlaridan iborat. Ko‘p bosqichli tarzda nizolarni hal etish erkin iqtisodiy zonalar hududida yuzaga kelgan nizolarda ham qo’llanishi mumkin.
Kalit so'zlar: ko‘p bosqichli tarzda nizolarni hal etish, abitraj, muzokara, mediatsiya, erkin iqtisodiy zonalar.
Jurnaldagi sahifalar: 93 - 100