Muallif: Ismoilov, Najmiddin Boysoatovich
Annotatsiya: Ushbu maqolada media ta’limning yoshlar hayotiga bo‘lgan ijobiy ta’siri va ularning falsafiy dunyoqarashini yuksaltirishdagi o‘rni o‘rganiladi. Mediata’lim yoshlarning axborot olish, tahlil qilish va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi. Ommaviy axborot vositalari va internet orqali yoshlar global ijtimoiy, siyosiy va madaniy jarayonlardan xabardor bo‘lib, ularni to‘g‘ri anglash va baholashga o‘rgatadi. Maqola yoshlarning shaxsiy va ma’naviy rivojlanishiga mediata’limning ta’sirini, shuningdek, ularning falsafiy dunyoqarashini shakllantirishda media ta’limning ahamiyatini yoritadi. Mediata’lim yoshlarni o‘zligini anglash, axloqiy qarorlar qabul qilish, adolat va haqiqatni izlashga undaydi. Shu bilan birga, maqolada mediata’limning yoshlarni jamiyatga moslashtirishdagi roli va ularning ijtimoiy mas’uliyatini oshirishga yordam berishi ko‘rsatilgan.
Kalit so'zlar: Mediata’lim, Falsafiy dunyoqarash, Axborot vositalari, Tanqidiy fikrlash, Ma’naviy rivojlanish, Shaxsiy rivojlanish, Ijtimoiy mas’uliyat, Ommaviy axborot vositalari (OAV), Axloqiy qadriyatlar, Estetik qadriyatlar, Falsafiy tafakkur, Ijtimoiy va madaniy jarayonlar, Shaxsiyatni shakllantirish, Yoshlarning faolligi, Ma’naviy o‘sish, Yoshlar tarbiyasi.
Jurnaldagi sahifalar: 121 - 127