17.04.2022
592
MEDIATORNING HUQUQIY MAQOMI. ADVOKATNING ISHDA MEDIATOR SIFATIDAGI AHAMIYATI

Muallif: Maxmudov, Nurmuxammad Abdurashid o‘g‘li; Matkarimov, Qudrat Qalandarovich

Annotatsiya: Ushbu maqolada mediatsiyaning nizolarni hal qilishdagi ahamiyati va o‘ziga xos xususiyatlari, xalqaro tajribada mediatsiyaning o‘rni va qay darajada keng tarqalganligi o‘rganiladi. Shuningdek mediatsiyani qo‘llashda taraflarning mediatorni tanlash huquqlar, o‘zaro kelishilgan mediatorning ishda ishtiroki, huquqiy maqomi hamda ahamiyatli jihatlari, taraflarning mediativ kelishuvga erishishida mediatorning roli tahlil qilinadi. Advokatning o‘zi ishtirok qilayotgan ishda mediator sifatidagi roli, ahamiyati, buning ijobiy jihatlari hamda qulayliklari ko‘rib chiqiladi. Mediatorning maqomi hamda advokatning maqomi solishtiriladi. Bu bo‘yicha O‘zbekiston qonunchiligi va xalqaro tajriba o‘rganiladi. Xulosa qilinadiki, hozirgi davrda rivojlanib borayotgan dunyoda nizolarni hal qilishning muqobil usuli sifatida mediatsiyaning roli va unga bo‘lgan talab oshib bormoqda. Bu esa o‘z navbatida mediatsiyani qo‘llashda yetuk mutaxassislarga bo‘lgan talabni oshirib boradi.

Kalit so'zlar: Mediatsiya tartibi, mediatorning huquqiy maqomi, professional va noprofessional mediator, advokatning xuquqiy maqomi, advokatlar palatasi.

Jurnaldagi sahifalar: 426 - 436

Yuklab olish