09.06.2024
235
MEHMONDO‘STLIK ASOSIDA SHAKLLANGAN MAQOLLARNING ETNOLINGVISTIK XUSUSIYATLARI

Muallif: Yuldasheva, Orasta Ravshanbekovna

Annotatsiya: Mehmondo‘stlik insonning oliy fazilatlaridan biridir. Xalqimiz mehmondo‘stlikni azaldan ulug‘lab kelgan hamda o‘zining mehmondo‘stligi bilan qadimdan mashhur bo‘lgan. Xalqimizning mehmon kutish odobi, mehmonlarga bo‘lgan hurmati hamda mehmondo‘stlikka bo‘lgan munosabati juda ko‘p maqollarda aks etgan. Ularda mehmondo‘stlik kishining ajoyib xislati ekanligi ko‘rsatiladi, mehmon kutishga hozir-u nozir bo‘lib turish lozimligi uqtiriladi. Mezbonga mehmonni qanday kutib olish hamda mehmonga esa borgan joyida o‘zini qanday tutishining odob va qoidalari o‘rgatiladi. O‘zbek xalq maqollarida ham “mehmondo‘stlik” odobi aks etgan. Maqollarda mehmonlar xalqimiz uchun qadrli ekanligi, mehmon uchun har doim uyning to‘ri bo‘sh turishi, mehmon izzati, mehmon kelishi bilan riqz va baraka ham kelishi, mehmon kelgan uy barakali bo‘lishi, mehmon tashrif buyurgan xonadonning chirog‘i yorug‘roq porlashi, mehmon eng tansiq taomlar bilan siylanishi lozimligi, aks holda mezbon xijolat tortishi, mehmonga ko‘rsatilgan izzat-ikrom unga yozilgan dasturxonda namoyon bo‘lishi, mezbon mehmon uchun va aksincha mehmon mezbon uchun qadrli ekanligi, mehmon mezbon uchun ziynat ekanligi, mehmonni umuman urintirmasdan tortilgan narsalarni qulaylik bilan tanavvul qilishini ta’minlash lozimligi, mehmonga shirinsuxanlik bilan muomalada bo‘lish kabilar aks etgan.

Kalit so'zlar: maqol, mehmondo‘stlik, mehmon, mezbon, madaniyat, etnolingvistika.

Jurnaldagi sahifalar: 638 - 642

Yuklab olish