24.10.2022
319
MEHNAT MIGRATSIYASI: SABAB VA OQIBATLARI

Muallif: Abdullayev, Aziz Xamidulloyevich

Annotatsiya: Ushbu maqolada aholi migratsiyasining O’zbekiston Respublikasidagi yoshlar ma’naviyatiga ta’siri, Yangi O’zbekistonda migratsiya sohasidagi islohotlarning mohiyati, migratsiyaning jamiyatimizda qaror topgan milliy ma’naviy qadriyatlar tizimining transformatsiyasiga sabab bo’layotganligi, ushbu sohada mavjud muammolar va ularni echish uchun lozim bo’lgan vazifalar, istiqbolda yurtimizda ma’naviy muhit va aholi migratsiyasining o’zaro ta’sirlashuvini tadqiq etish bilan bog’liq muammolar haqida so’z yuritilgan. Xususan, so’nggi yillarda yurtimizda migratsion siyosatda amalga oshirilayotgan islohotlar, xorijdagi o’zbek diasporalari bilan ikki tomonlama foydali hamkorlik aloqalarining o’rnatilayotganligi, mehnat muhojirlarining migratsiyagacha maxsus tayyorlov kurslarida o’qitish tizimi tashkil etilganligi, xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi kontseptsiyasining yaratilganligi tahlil etilgan.

Kalit so'zlar: migratsiya, yoshlar ma’naviyati, ma’naviy muhit, mehnat muhojirlari, mehnat migratsiyasi.

Jurnaldagi sahifalar: 907 - 919

Yuklab olish