05.10.2022
311
MEKSIKA BANGIDEVONASI (DATURA INNOXIA MILL) NING O‘SISHI VA RIVOJLANISHI

Muallif: Po‘latov, Sarvar Mustafoyevich; Aminova, Shoira Furqat qizi; Ergashev, Bunyod Dilmurodovich

Annotatsiya: Meksika bangidevonasi (Datura innoxia Mill) bo‘lib, ushbu o‘simlikning hosildorligi qo‘llanilayotgan o‘g‘it turi va me’yoriga qarab turlicha bo‘ladi. Meksika bangidevonasi o‘simligining urug‘larini unib chiqishidan to pishib yetilgunga qadar bo‘lgan davrlardagi o‘sish jadalligi, qo‘llanilgan azotli o‘g‘itlarning shakli va me’yorlariga bog‘liq holda sezilarli darajada o‘zgarganligi kuzatildi. Toshkent viloyatining tipik bo‘z tuproqlari sharoitida yetishtirishda qo‘llaniladigan azotli o‘g‘itlarni shakllari o‘simlikning o‘sishi, bargining shakllanishi va meva hosil qilishiga ta’sir ko‘rsatganligi aniqlandi.

Kalit so'zlar: Meksika bangidevonasi, o‘g‘itlar, gul, meva, tuproq, hosildorlik, azot, fosfor, kaliy, ammoniy sulfat, karbamid, ammiakli selitra.

Jurnaldagi sahifalar: 312 - 318

Yuklab olish