03.11.2023
172
MEROS MUNOSABATLARINING KOLLIZION MASALALARI

Muallif: Sultonov, Behzod Bahromjon o’g’li

Annotatsiya: Hozirgi davrda xalqaro doirada meros munosabatlari to’liqligicha yagona moddiy-huquqiy normalardan tashkil topgan xalqaro hujjatlardan iborat bo’lmagan, barcha xalqlar uchun umumiy qoidalar ishlab chiqilmagan va tartibga solish amalda qiyin bo’lgan yo’nalish hisoblanadi. Ya’ni meros munosabatlari asosan davlatlarning ichki qonunchiligi bilan tartibga solinadi. Faqatgina ba’zi masalalar bo’yicha ko’p tomonlama konvensiyalar mavjud. Shu sababdan ushbu sohani o’rganish bugungi kunda dolzarb hisoblanadi. Ushbu maqolada aynan xalqaro munosabatlarda meros huquqining holati, meros huquqi taraflarining biri, bir qanchasi yoki barchasi chet elda bo’lsa, shuningdek meros mulki chet mamlakatda joylashganda meros masalasi qanday hal etilishi, kollizion normalarning qo’llanilishi va istiqbolda merosga oid alohida xalqaro hujjat qabul qilishning imkoniyatlari, turli xil adabiyotlardan, olimlar, soha mutaxassislarining fikrlarini o’rganib chuqur tahlil qilindi. Olingan ma’lumotlar va fikrlarga tayanib yechimlar va xulosalar bayon etildi. Meros huquqi har bir davlatning madaniyati, mentaliteti, hayot tarzi, urf-odat va an’analariga bog’liqligi sababli, dunyo miqyosida har bir davlat uchun bir xil bo’lgan huquqiy hujjat ishlab chiqish mushkulligidan kelib chiqib, universal emas, balki mintaqaviy shartnomalar tuzish samarali degan xulosaga kelindi.

Kalit so'zlar: meros qoldiruvchi, merosxo’rlar, qonun bo’yicha vorislik, vasiyatnoma bo’yicha vorislik, shartli vasiyatnoma, egasiz qolgan mol-mulkka vorislik, vasiyatnoma, vasiyatnoma shakli, “okkupatsiya” huquqi.

Jurnaldagi sahifalar: 379 - 388

Yuklab olish